O'zbekiston

“Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat”

Toshkentda “Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda davlat mustaqilligi, inson huquqlari va milliy strategiyalar dolzarb masalalari muhokama qilindi.

“Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat”

28-avgust kuni Toshkent shahrida shu mavzuda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.

 

Oflayn va onlayn tarzda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada oliy yuridik ta’lim va ilmiy tashkilotlar vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi va Jamoatchilik kengashlari a’zolari ishtirok etdi.

 

Dastavval Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, akademik Akmal Saidov videomurojaat orqali konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilar ekan, Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanishini ta’kidladi. O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda milliy davlatchilik, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat tamoyillarini ta’minlashning mustahkam poydevori barpo etildi.

 

A.Saidov qayd etganidek, dunyoga tobora ochilayotgan, jadal islohotlar yo‘lidan borayotgan Yangi O‘zbekiston "davlat – xalq uchun" tamoyiliga qat’iy amal qilmoqda va global o‘zgarishlarning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish, raqamli transformatsiyani rivojlantirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda innovatsion yechimlarni joriy etish, davlat boshqaruvi institutlari samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba almashish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

 

Joriy yil mart oyida Bosh kotib "BMT-80" tashabbusini ishga tushirdi. Ayni tashabbus BMT faoliyatini tubdan o‘zgartirish – samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash, vakolatlarni bajarish tartibini qayta ko‘rib chiqish va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi ehtimoliy tarkibiy o‘zgarishlar hamda dasturlarni qayta tuzishga qaratilgan.

 

Yangi O‘zbekiston Bosh kotibning xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, BMT va uning asosiy institutlarini zamonaviy voqelikka moslashtirish maqsadida isloh qilish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda. So‘nggi yillarda BMT bilan hamkorlik misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilib, 160 ta qo‘shma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Joriy yilning o‘zida Tashkilotning asosiy tuzilmalari va institutlari, jumladan, BMT-Xabitat va YUNISEF rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi, Toshkentda "BMT-Ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochildi.

 

Inson huquqlari – zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyoti darajasini ko‘rsatib turuvchi mezondir. Bugungi kunda dunyoning 80 ta mamlakatida inson huquqlari sohasida 150 dan ortiq milliy reja (strategiya) qabul qilingan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi 2020-yilda qabul qilingan bo‘lib, bu sohadagi ilk hujjat hisoblanadi. Milliy strategiyani amalga oshirish doirasida so‘nggi to‘rt yil ichida inson huquqlarini himoya qilishga bevosita aloqador ikkita kodeks, o‘ttiz uchta qonun, o‘n beshta farmon va Vazirlar Mahkamasining o‘n bitta qarori qabul qilindi.

 

O‘z navbatida, "Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili" Davlat dasturi doirasida 2030-yilgacha mo‘ljallangan Inson huquqlari bo‘yicha yangi Milliy strategiya loyihasi ishlab chiqildi. Oltita ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan ushbu Milliy strategiya loyihasini tayyorlashda ilg‘or xalqaro tajriba, O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari, shuningdek, o‘tgan davr mobaynida shakllangan milliy amaliyot inobatga olindi.

 

Milliy maslahatlashuvlar doirasida Milliy strategiya loyihasi vazirlik va idoralar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida muhokama etildi. Shuningdek, Milliy strategiya loyihasi xalqaro maslahatlashuvlar jarayonida diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan birga ko‘rib chiqildi hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi, YeXHT va BMTning O‘zbekistondagi mamlakat jamoasidan tavsiyalar olindi.

 

Ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Muzaffarjon Mamasiddiqov hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Murodjon Turg‘unov so‘zga chiqdi. Ma’ruzachilar tomonidan asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan mustaqillik yuksak imkoniyat, ayni paytda mas’uliyat ekanligini va uning ahamiyatini jamoatchilikka yetkazishga qaratildi.

 

Shuningdek, bir qator yetakchi huquqshunoslarning mustaqillik yillarida milliy davlatchilik va huquq tarixini o‘rganish borasidagi erishilgan yutuqlar va o‘z tadqiqotchilarini kutayotgan muammolar tahliliga bag‘ishlangan dolzarb ma’ruzalari tinglandi.

 

Konferensiya yakunida mustaqillikni qadrlash, istiqlol sabab erishilgan va erishilajak yutuqlar hamda imkoniyatlar haqida fikr almashilib, ushbu natijalarni ilmiy negizda tadqiq va targ‘ib etish yuzasidan tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” | Zamon.uz