Qishloq xo‘jaligi vazirligi: “1 kg paxta uchun 1 800 so‘m” haqidagi xabar asossiz
Paxta terimi narxlari rasmiy tartibda e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “paxta terimi uchun 1 kilogrammiga 1 800 so‘m to‘lanadi” mazmunidagi xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
2025-yilda paxta terimi narxlari quyidagicha belgilangan:
Mashina yordamida terilgan paxta – 1 373 so‘m;
Qo‘l mehnati bilan terilgan paxta – 2 000 so‘m tavsiyaviy narx sifatida belgilangan. Shu bilan birga, terim narxlari klasterlar, fermer xo‘jaligi rahbarlari va terimchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida mustaqil belgilanadi;
Davlat tomonidan subsidiya – paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida har bir kilogramm uchun 1 000 so‘m subsidiya ajratiladi.
Ushbu tartib paxta yetishtiruvchilar manfaatlarini himoya qilish, terimchilar mehnatini rag‘batlantirish va agrar tarmoqda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Shuning uchun “1 kg – 1 800 so‘m” haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi hamda rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan.







