Toshkentda 1-sentabr kuni ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Cheklovlar Maxtumquli, Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari bo‘ylab joriy etiladi.

O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 1-sentabr kuni poytaxt ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Ichki ishlar vazirligi YHXBB axborotiga ko‘ra, soat 17:00 dan 23:00 gacha quyidagi yo‘nalishlarda avtomobillar harakati to‘xtatiladi:
Maxtumquli ko‘chasidan Oxangaron shossesigacha (4Р12 yo‘nalishi);
Cho‘lpon ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston – Milliy bog‘ chorrahasigacha;
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi – Temirchi ko‘chasi chorrahasigacha.
Haydovchilarni muqobil yo‘llardan foydalanish va oldindan marshrutni rejalashtirishga chaqirilmoqda.







