Toshkentdagi pullik avtoturargohlar ikki kun tekin ishlaydi
Haydovchilarga ikki kun davomida hech qanday to‘lov va jarima qo‘llanilmaydi.

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan Toshkent shahrida haydovchilar uchun qulaylik yaratilmoqda. 31-avgust va 1-sentabr – rasmiy dam olish kunlarida poytaxtdagi pullik avtoturargohlar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shahar hokimligi axborotiga ko‘ra, ushbu ikki kun davomida avtoturargohlardan foydalanish uchun to‘lov olinmaydi, shuningdek, jarimalar ham qo‘llanilmaydi. Bu tashabbus poytaxt aholisi va mehmonlari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish, bayram kayfiyatini yanada ko‘tarish maqsadida amalga oshirilmoqda.







