Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi giyohvand moddalar tarqatgan uchun 14,5 yilga qamaldi
Sudlanuvchi 10 ta jinoyat holati bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

Rossiyaning Surgut shahrida faoliyat yuritgan uyushgan jinoiy guruh a’zosi – O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Yugra hududiy sudlari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shahar sudi uni 14,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Tergov materiallariga ko‘ra, jinoyatchilar butunlay O‘zbekiston fuqarolaridan iborat bo‘lib, internet-do‘kon orqali giyohvand moddalarni tarqatish sxemasini yo‘lga qo‘yishgan. Guruh zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanib, kelishilgan tartibda ishlagan.
Sud qarorida ayblanuvchi 10 ta epizod bo‘yicha aybdor deb topildi. Musodara qilingan telefonlar davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. Mazkur hukm hozircha qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish mumkin.







