Tramp: “Men hayotimda hech qachon o‘zimni bu qadar yaxshi his qilmaganman”
Donald Tramp sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘z sog‘lig‘i haqida ilk bor izoh berdi. U “Truth Social” tarmog‘ida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirib, “Men hayotimda hech qachon o‘zimni bunday yaxshi his qilmaganman”, deya ta’kidladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Trampning salomatligi yomonlashgani va hatto vafot etgani haqidagi asossiz xabarlar tarqalgan edi. Bunga uning 27-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin omma oldida ko‘rinmaganligi sabab bo‘lgandi.
31-avgust kuni jurnalist Laura Rozen siyosatchining Virjiniya shtatidagi golf maydonida tushgan suratini e’lon qildi. Bu esa mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.
Oq uy esa darhol bayonot berib, Prezidentning sog‘lig‘ida hech qanday muammo yo‘qligini, u o‘zini yaxshi his qilayotganini va muntazam ravishda golf bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qildi.
Shu kunlarda vitse-prezident Jeyms Devid Vens ham chiqish qilib, zarurat tug‘ilganda davlat rahbari vazifasini bajarishga tayyorligini bildirdi.







