O'zbekiston

1-sentabrdan Moskvada mehnat muhojirlarini ro‘yxatga olishning yangi tartibi kuchga kirdi

Tajriba loyihasi O‘zbekiston va yana 8 davlat fuqarolariga majburiy hisoblanadi.

1-sentabrdan Moskvada mehnat muhojirlarini ro‘yxatga olishning yangi tartibi kuchga kirdi

Moskva va Moskva viloyatida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy fuqarolarning migratsiya hisobini yuritish bo‘yicha yangi tajriba loyihasi start oldi. Bu haqda Moskva ko‘p funksiyali migratsiya markazi (MMK) ma’lum qildi.

 

Mazkur tajriba doirasida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova va Ukraina fuqarolari uchun “Amina” mobil ilovasidan foydalanish majburiy etib belgilanmoqda. Ilova xorijiy fuqarolarning yashash joyi va uning o‘zgarishi haqida ichki ishlar organlariga masofadan turib ma’lumot berish imkonini beradi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijiy fuqaro shaxsiy telefoniga “Amina” ilovasini o‘rnatishi lozim. Avtorizatsiya xorijiy fuqarolik kartasi yordamida amalga oshiriladi, mazkur hujjat yo‘qolgan taqdirda esa pasport ma’lumotlari orqali kirish mumkin bo‘ladi.

 

Ilova geolokatsiya ma’lumotlarini Rossiya Ichki ishlar vazirligiga uzatadi. Agar uch ish kuni davomida tizimda harakat qayd etilmasa, fuqaro migratsiya markazi reestridan chiqariladi. Monitoring qoidalarini buzgan shaxslar esa “Kuzatuvdagi shaxslar reestri”ga kiritilishi mumkin.

 

MMK ma’lumotiga ko‘ra, tajriba loyihasi amaldagi migratsiya hisobini yuritish tartibiga alternativ sifatida sinov tariqasida joriy qilinmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

1-sentabrdan Moskvada mehnat muhojirlarini ro‘yxatga olishning yangi tartibi kuchga kirdi | Zamon.uz