O'zbekiston

Bugundan AI-80 benzinini sotish to‘xtatildi

Ichki bozor bosqichma-bosqich AI-92 benziniga o‘tkazilmoqda.

Bugundan AI-80 benzinini sotish to‘xtatildi

O‘zbekistonda 2025-yil 2-sentabrdan boshlab AI-80 rusumidagi benzin savdosi to‘liq to‘xtatildi. Bu qaror davlat rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida, atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish maqsadida qabul qilingan Farmoniga muvofiq amalga oshirildi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ ma’lumotiga ko‘ra, endilikda birja savdolariga faqat yuqori oktanli AI-92 markali benzin chiqariladi. Shu bilan birga, AI-92 benzinining hajmi sezilarli darajada oshirilgan. Ilgari 1000 tonna miqdorida taklif etilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 1720 tonnaga yetkazilgan. Mutasaddilar ichki bozor talabidan kelib chiqib, kelgusida bu hajmni yanada oshirish imkoniyati mavjudligini ta’kidlamoqda.

 

Avgust oyida tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan AI-80 benzini esa belgilangan majburiyatlar va mavjud qoldiqlar doirasida sentyabr oyida egalariga yetkazib berilishi davom ettiriladi.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, AI-92 benzinining keng joriy etilishi avtomobillar uchun yanada sifatli va ekologik toza yoqilg‘i bilan ta’minlashga xizmat qiladi hamda mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Bugundan AI-80 benzinini sotish to‘xtatildi | Zamon.uz