O'zbekiston

Ichki ishlar organlari faoliyatida dronlar yordamida nazorat tizimi joriy etildi

2026-yil oxirigacha barcha hududiy bo‘linmalar dronlar bilan to‘liq ta’minlanadi.

Ichki ishlar organlari faoliyatida dronlar yordamida nazorat tizimi joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni tezkor aniqlashda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etmoqda. Xususan, uchuvchisiz uchish apparatlari – dronlardan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

 

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Rahimjon Nayimovning ma’lum qilishicha, dastlabki bosqichda dronlar Buxoro viloyatida sinovdan o‘tkazilgan. 2024-yilda davlat rahbarining ushbu hududga tashrifi davomida berilgan topshiriq asosida viloyat hokimligi tomonidan 150 ta zamonaviy dron xarid qilingan.

 

Bugungi kunga kelib, 5 ta viloyatdagi 84 ta ichki ishlar maskani xodimlari uchuvchisiz apparatlar bilan ta’minlandi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kelgusida barcha tuman va shahar bo‘limlarini ham dronlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu jarayon 2026-yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 

Mazkur texnologiyalar, asosan, jinoyatchilik xavfi yuqori hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, mayda bezorilik, ekologik qoidalar buzilishi, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni fosh etish va profilaktika tadbirlarini kuchaytirishda qo‘llanilmoqda.

 

“Dronlar orqali havodan olib borilayotgan nazorat natijasida huquqbuzarliklar tez aniqlanmoqda, ichki ishlar xodimlari esa o‘z vaqtida choralar ko‘rmoqda. Bu tizim huquqni muhofaza qilish sohasida samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda”, — deya ta’kidladi Rahimjon Nayimov.

 

Shuningdek, ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari uchun dronlardan foydalanish bo‘yicha maxsus malaka oshirish mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yilning aprel oyida Ichki ishlar vazirligi faoliyatida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish rasmiy ravishda joriy etilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ichki ishlar organlari faoliyatida dronlar yordamida nazorat tizimi joriy etildi | Zamon.uz