O'zbekiston

Parlament nazorati ostida tashabbusli byudjet tizimi kengaytiriladi

2026-yildan boshlab har bir deputat saylov okrugida g‘olib chiqmagan ikki loyihani tanlab, ularni byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Parlament nazorati ostida tashabbusli byudjet tizimi kengaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–264-son qarori 2025-yil 29-avgust kuni qabul qilindi.

 

Mazkur qarorga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tashabbusli byudjet jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tuziladi.

 

2026-yil 1-yanvardan boshlab deputatlar o‘z saylov okruglarida tashabbusli byudjetda g‘olib chiqmagan loyihalar ichidan aholi turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan hamda hududlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) tanlash imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu tanlov “Ochiq byudjet” axborot portali orqali amalga oshiriladi.

 

Tanlab olingan loyihalar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu bilan birga, deputatlar tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili ikki mavsumda BHMning 8 ming baravari miqdorida mablag‘ ajratilishi nazarda tutiladi.

 

2026-yil 1-fevraldan esa tashabbusli byudjet jarayonlarida aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmi joriy etiladi. Bunga ko‘ra, agar loyihaning 50 foizi tashabbuskor fuqarolar tomonidan ixtiyoriy mablag‘ hisobidan ta’minlansa, qolgan qismi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.