O'zbekiston

Pekinda O‘zbekiston Turizm ofisi ochildi

Ikki davlat o‘rtasida haftasiga 100 dan ortiq aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Pekinda O‘zbekiston Turizm ofisi ochildi

2025-yil 1-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida O‘zbekiston Turizm ofisi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu muhim tadbir oliy darajadagi rasmiy tashrif doirasida o‘tkazilib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, strategik hamkorlik va o‘zaro ishonchning yaqqol ifodasi bo‘ldi.

 

Ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Pekin tashqi madaniy savdo assotsiatsiyasi ijrochi direktori Chi Lu xonim, shuningdek, Xitoyning yetakchi turistik kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yangi ofis ikki davlat o‘rtasidagi turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim platformaga aylanishini ta’kidladilar. Shuningdek, u Xitoy kompaniyalariga O‘zbekiston turizm bozoriga kirishda ko‘maklashib, xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar ochishi qayd etildi.

 

So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. 2025-yil 1-iyundan kuchga kirgan 30 kunlik vizasiz rejim, haftasiga 50 dan ortiq aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilgani bunga yaqqol misoldir. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 100 reysgacha oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2025-yil “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili” sifatida e’lon qilinib, mamlakatimiz delegatsiyalari Xitoyning yirik shaharlarida targ‘ibot tadbirlarini faol o‘tkazib kelmoqda.

 

O‘zbekiston 2030-yilga borib Xitoydan mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini 3 million nafarga yetkazishni maqsad qilgan. Pekinda ochilgan Turizm ofisi ushbu ulkan maqsad sari tashlangan muhim qadam bo‘lib, O‘zbekistonning Xitoy bozorida yanada faol va ochiq ishtirokini ta’minlaydi. Marosim yakunida O‘zbekiston vakillari barcha ishtirokchilarni mamlakatimiz go‘shalari bilan yaqindan tanishishga taklif qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Pekinda O‘zbekiston Turizm ofisi ochildi | Zamon.uz