O'zbekiston

Pekinda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashdi

O’zbekiston va Rossiya prezidentlari nimalarni gaplashdi?

Pekinda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashdi

Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbari hamda O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, farovonlik va barqaror taraqqiyot tiladi.

 

Muloqot chog‘ida ilgari erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralarni qabul qilish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish, hududlararo aloqalar hamda tashkil etilgan qo‘shma sanoat parklaridagi kooperatsiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Gumanitar sohada, xususan madaniyat, san’at, fan va ta’lim yo‘nalishlarida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Pekinda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashdi | Zamon.uz