O'zbekiston

Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markaziga direktor bo‘ldi

Markaz direktoriga ikki nafar o‘rinbosar ham tayinlandi.

Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markaziga direktor bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markaziga yangi rahbar tayinlandi. Prezident Administratsiyasining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Qobuljon Xoliqovich Ahmedov markaz direktori lavozimida ish boshladi.

 

Qobuljon Ahmedov avval MY5 telekanaliga boshchilik qilgan, shuningdek, tayinlovga qadar MTRK tarkibidagi “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori sifatida faoliyat yuritgan. Tajribali media mutaxassisi endilikda davlat ommaviy axborot vositalari uchun sifatli kontent ishlab chiqarishni yangi bosqichga olib chiqish ustida ishlaydi.

 

Markaz direktorining ikki nafar o‘rinbosari ham belgilandi. Unga ko‘ra, taniqli rejissyor Husan Ravshanovich Salixov direktor o‘rinbosari etib tayinlandi. U ilgari Prezident Matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan. Yana bir o‘rinbosar Jahongir Muhammadali o‘g‘li Abdurahmonov bo‘lib, u tayinlovdan avval Prezident Matbuot xizmatida bosh konsultant lavozimida ishlagan va “Uzreport” telekanalida shef-muharrir bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, shu yil iyul oyida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilgandi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi Media markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi faoliyat boshladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markaziga direktor bo‘ldi | Zamon.uz