O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Pekin shahriga rasmiy tashrif doirasida 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari XXR Davlat kengashi Bosh vaziri va butun Xitoy xalqini buyuk G‘alabaning 80 yilligi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

 

Ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari yangi davrda barcha sharoitlarda strategik sheriklik va ko‘p qirrali “yetuk” hamkorlik darajasiga ko‘tarilgani taʼkidlandi.

 

O‘tgan yili tovar ayirboshlash 14 milliard dollarga yetdi va barqaror o‘sishda davom etmoqda. Bu ko‘rsatkichni mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirish, eksport va import mutanosibligini taʼminlash orqali 20 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi qayd etildi.

 

Shu maqsadda O‘zbekistonda standartlarni uyg‘unlashtirish va mahsulotlarni Xitoy talablari asosida sertifikatsiyalash uchun qo‘shma Kvant metrologiya markazi va Mintaqaviy sanoat standartlashtirish markazini ochish taklif qilindi.

 

Qo‘shma loyihalar portfeli 60 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

 

Bu galgi tashrifga tayyorgarlik doirasida “yashil” energetika, geologiya, kimyo, noyob metallarni chuqur qayta ishlash, ko‘mir kimyosi, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi, urug‘chilik, agrovoltaika sohalarida yangi loyiha takliflari shakllantirildi.

 

Ilmiy tadqiqotlar va istiqbolli startaplarni ilgari surish maqsadida O‘zbekiston – Xitoy sunʼiy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish taklif qilindi.

 

Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus quyi qo‘mita yig‘ilishi va joriy yilda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ikkinchi Hududlar forumi yakunlariga yuqori baho berildi.

 

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” strategik temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Bu galgi tashrif doirasida Madaniyat markazlarini o‘zaro ochish to‘g‘risida bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Joriy yil O‘zbekistonda ikkinchi Taʼlim forumi bo‘lib o‘tadi. Chunsin shahrida ilk bor Kasb-hunar taʼlimi forumi o‘tkazildi, ushbu yo‘nalishda “O‘zbekiston – Xitoy alyansi” tuzildi. O‘zbekiston hududlarida “Lu Ban ustaxonalari” ochiladi.

 

Toshkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutlari samarali faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi.

 

Tomonlar aviaqatnovlar sonini yana-da ko‘paytirish va sayyohlar almashinuvini faollashtirish muhimligini qayd etdilar.

 

Yakunda Prezidentimiz XXR Davlat kengashi Bosh vazirini rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi | Zamon.uz