Toshkent viloyatida “Malibu” boshqarayotgan 17 yoshli yigit 16 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi
Haydovchida guvohnoma bo‘lmagan, mashina jarima maydonchasiga olib ketilgan.

Toshkent viloyati YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 2-sentabr kuni Quyichirchiq tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Aniqlanishicha, “Malibu” rusumli avtomashina boshqaruvida bo‘lgan 17 yoshli o‘smir ta’lim muassasasi yaqinida harakatlanish jarayonida 44-maktabning 16 yoshli o‘quvchisini urib yuborgan.
Huquq-tartibot idoralari ma’lum qilishicha, haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan. Shuningdek, u talaba sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan.
Mazkur hodisadan so‘ng transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda







