Toshkentda yuk mashinalariga qat’iy vaqt rejimi joriy qilindi
Yangi tartib tirbandliklarni kamaytirish maqsadida joriy qilindi.

1-sentabrdan e’tiboran Toshkent shahrida yuk transporti harakatiga oid yangi tartib joriy etildi. Poytaxt hududida ertalabki (07:00–10:00) va kechki (17:00–20:00) tig‘iz soatlarda yuk avtomobillarining harakatlanishi cheklangan.
Mazkur qoidabuzarliklar avtomatik tarzda foto va video fiksatsiya qurilmalari orqali qayd etilmoqda. Qoidalarni buzgan haydovchilar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar organlari ushbu tartib shahar markazida transport harakatini yengillashtirish va tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.








