Andijonda 35 yoshli erkak kaltaklab o‘ldirildi
Voqea Izboskan tumanida sodir bo‘lib, gumonlanuvchilardan biri qo‘lga olindi.

Andijon viloyatida og‘ir jinoyat sodir etildi. Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 18-avgust kuni tungi paytda Izboskan tumanining Mirzo Ulug‘bek mahallasida 35 yoshli erkak bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea shaxsiy ziddiyat natijasida kelib chiqqan. Gumonlanuvchilar jabrlanuvchiga qo‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazgan. Og‘ir tan jarohati olgan fuqaro shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, gumonlanuvchilardan biri qo‘lga olingan.







