Jahon

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi: ro‘yxatga Ramzan Qodirovning onasi ham kiritildi

Londonda yangi sanksiyalar Rossiyada bolalarni majburiy deportatsiya qilish va harbiylashtirish bilan bog‘liq shaxslar va tashkilotlarga qarshi joriy etildi.

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi: ro‘yxatga Ramzan Qodirovning onasi ham kiritildi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yana 11 ta yangi band bilan kengaytirdi.

 

Britaniya hukumati bayonotiga ko‘ra, sanksiyalar Ukraina bolalarini majburiy deportatsiya qilish, ularni mafkuraviy ta’sirga olish, harbiylashtirish va ularning madaniy merosini yo‘q qilishda ishtirok etgan shaxslar hamda tashkilotlarga nisbatan qo‘llanilgan.

 

Yangi ro‘yxatda sakkiz nafar jismoniy va uchta yuridik shaxs bor. Ulardan biri — Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi va “Axmat Qodirov jamg‘armasi” prezidenti Aymani Qodirova. Shuningdek, “O‘smirlar dasturlari markazi” rahbari Valeriy Mayorov hamda Rossiya Ta’lim vazirligi huzuridagi Davlat siyosati departamenti direktor o‘rinbosari Anastasiya Akkuratova ham sanksiyalar ostiga tushdi.

 

Ro‘yxatga, shuningdek, “G‘alaba ko‘ngillilari” va “Birinchi harakat” kabi davlatga qarashli yoshlar tashkilotlari, Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Leyla Fazleyeva, Checheniston IIV maxsus polki qo‘mondoni Zamid Chaloyev, Tatariston yoshlar ishlari vaziri Rinat Sodiqov hamda boshqa bir nechta amaldorlar — jumladan, Nataliya Tishchenko va Aleksandrovlar ham kiritilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"