O'zbekiston

“Dovut ota” chegara postidagi cheklovlar yil oxirigacha uzaytirildi

Bojxona qo‘mitasi chegara postida ikkinchi bosqich rekonstruksiya ishlari boshlanganini ma'lum qilgan.

“Dovut ota” chegara postidagi cheklovlar yil oxirigacha uzaytirildi

Qozog‘istonning “Tajen” va O‘zbekistonning “Dovut ota” chegara o‘tkazish punktlarida joriy yilning 1-fevralidan qo‘llanilgan cheklovlar 2025-yil 31-dekabriga qadar uzaytirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Bojxona boshqarmasi xabar berdi. Cheklovlar jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda og‘irligi 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk mashinalariga tatbiq etiladi.

 

Bojxona qo‘mitasi ma’lum qilishicha, muddatning cho‘zilishi chegara postidagi ikkinchi bosqich rekonstruksiya ishlari bilan bog‘liq. Hozirda ma’muriy binolar kapital ta’mir qilinmoqda, yo‘l qoplamalari betonlashtirilmoqda. Ushbu ishlar tugamaguncha chegara orqali harakat cheklangan holda qoladi.

 

Biroq, umumiy og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalariga harakatlanishga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar uchun “Qoraqalpog‘iston” temiryo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus–Beyneu” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ma’lumot uchun, bu post orqali harakatlanish dastlab fevral oyidan uch oy muddatga to‘xtatilgandi. Keyinchalik rekonstruksiya ishlari cho‘zilib, muddat 1-sentabrgacha uzaytirilgan, endi esa yil oxirigacha davom etishi ma’lum qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Dovut ota” chegara postidagi cheklovlar yil oxirigacha uzaytirildi | Zamon.uz