O'zbekiston

O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar jahon chempionatida mutlaq g‘olib bo‘ldi

Bolgariyada bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik kadetlar 5 oltin, 2 bronza va 1 kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar jahon chempionatida mutlaq g‘olib bo‘ldi

Bolgariyada o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi. Yosh dzyudochilarimiz jami 5 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 71 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

 

Oltin medallarni Dilafruz Boltaboyeva (-40 kg), Xushnud Sultonov (-50 kg), Xushnudbek Burhonov (-55 kg), Inomjon Bahodirov (-81 kg) va Umida Nig‘matova (+78 kg) qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Dilshod Karimov (-60 kg) va Sa’dulla Ravshanov (-73 kg) bronza bilan taqdirlandi.

 

Medallar soniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi IJF bayrog‘i ostida qatnashgan rossiyalik sportchilar (4 oltin, 3 bronza) va Braziliya (2 oltin, 1 kumush, 2 bronza) terma jamoalarini ortda qoldirdi.

 

Aralash jamoaviy bahslarda esa O‘zbekiston kadetlar jamoasi ilk bor finalga chiqib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Murosasiz kechgan hal qiluvchi bahsda dzyudochilarimiz Yaponiyaga imkoniyatni boy berdi.

custom img

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi

Tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.

custom img

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilgan.

custom img

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishdan olindi

Yangi energetika vaziri, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari hamda Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i bugundan boshlab mutlaqo yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.

custom img

“Energetikadagi muammo mablag‘da emas, tizimni boshqarishda” —Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari iyun–iyul oylarida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgani oqibatida aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolganini qayd etdi.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab qarzdorning mashinasi xatlandi

Shundan so‘ng qarzdor korxona soliq qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

custom img

Qo‘qonda kreditini to‘lamagan ayol mashinasi xatlangach, qarzlarini bir kunda to‘liq bartaraf etdi

Maʼlum bo‘lishicha, uning bankdan 317 mln krediti bo‘lgan.

custom img

Salkam 3000 litr etil spirti to‘kib yuborildi

Ular noqonuniy muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

custom img

Jizzaxda qarzdorlik sabab 308 mln so‘mlik KIA xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, qarzdor sud hujjatlari talablarini ixtiyoriy tarzda bajarilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"