Jahon

Rossiyada O‘zbekiston diplomatlari mahalliy fuqaroni kaltaklagani aytilmoqda

Elchixona tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Rossiyada O‘zbekiston diplomatlari mahalliy fuqaroni kaltaklagani aytilmoqda

Rossiya poytaxtida yashovchi bir erkak O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi yaqinida tan jarohati olgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Readovka nashri xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, hodisa erkak uy hayvoni bilan sayr qilib yurgan paytda sodir bo‘lgan. U elchixona yaqinida noto‘g‘ri joylashtirilgan avtomobilga e’tibor qaratib, mashinada o‘tirganlarga og‘zaki izoh bildirgan.

 

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bunga javoban avval tahdidlar, so‘ngra jismoniy kuch ishlatish holati kuzatilgan. Erkakning aytishicha, unga hujum qilgan shaxslar O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi xodimlari bo‘lgan.

 

Shuningdek, da’vo qilinishicha, yuzlari tushib qolgan yozuv tarmoqlarga chiqib ketmasligi uchun hodisa ishtirokchilari uning mobil telefonini sindirishga uringan. Jabrlanuvchi politsiyaga murojaat qilgan.

 

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi mazkur xabarlarni rad etdi. Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, voqeada tilga olingan avtotransport vositasi va huquqbuzarlarning O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga hech qanday aloqasi yo‘q.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"