Toshkent viloyatida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvida haydovchi derazadan chiqib ketdi
Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumotlar berilmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, 19-avgust kuni Angren shahrida yuk avtomobili va yo‘lovchi avtobusi qatnashgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Kadrlarda yuk mashinasi avtobusning haydovchi qismiga urilgani aks etgan. Kuchli zarba oqibatida avtobus haydovchisi kabinadan tashqariga chiqib ketgan. Taxminlarga ko‘ra, u xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lishi mumkin.
Hodisa tafsilotlari yuzasidan hozircha huquq-tartibot organlari tomonidan rasmiy izoh berilmadi. Shuningdek, avtobus haydovchisining ahvoli hamda yo‘lovchilar orasida jarohatlanganlarning bor-yo‘qligi haqida ma’lumotlar ochiqlanmagan.








