O'zbekiston

Toshkent viloyatida chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlagan choyxona rahbari jarimaga tortildi

Yangiyo‘lda noqonuniy ov holati uchun 4,12 mln so‘m jarima belgilandi.

Toshkent viloyatida chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlagan choyxona rahbari jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan choyxonalardan birida chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

 

Tekshiruv davomida hozirda ushbu choyxonada chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlanmayotgani aniqlangan. Davlat inspektorlari choyxona rahbaridan izoh olganida, u mazkur videolavha ilgari, mijozlar sonini oshirish maqsadida olinganini va hozirda bunday holatga yo‘l qo‘yilmayotganini ma’lum qilgan.

 

Mutasaddilar rahbarni kelgusida bunday qonunbuzarlikni takrorlamaslik bo‘yicha ogohlantirdi. Shuningdek, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 63-moddasi 1-qismi (“Noqonuniy ov”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

Natijada choyxona rahbariga 4 million 120 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Ekologiya boshqarmasi esa bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun muntazam nazorat olib borilishini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlagan choyxona rahbari jarimaga tortildi | Zamon.uz