Jahon

Tramp Rossiya, Xitoy va KXDRni AQShga qarshi fitna rejalashtirishda ayblamoqda

AQSh prezidenti Pekinda o‘tgan parad fonida keskin bayonot berdi.

Tramp Rossiya, Xitoy va KXDRni AQShga qarshi fitna rejalashtirishda ayblamoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Pekinda Ikkinchi jahon urushida g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali harbiy parad fonida Rossiya, Xitoy va KXDRni Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarshi “fitna” uyushtirishda aybladi.

 

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Xitoy rahbari Si Szinpinga murojaat qilib, “Prezident Vladimir Putin va Kim Chen In bilan AQShga qarshi fitna rejalashtirayotganingizda, ularga mening eng iliq tilaklarimni yetkazing”, deya yozdi. Biroq u bu bayonot bilan aynan nimani nazarda tutganini ochiqlamadi.

 

Shuningdek, AQSh prezidenti Amerika Ikkinchi jahon urushi yillarida Xitoyga ozodlik uchun kurashda yordam berganini eslatib o‘tdi. “Ko‘plab amerikaliklar Xitoyning g‘alabasi va sharafi yo‘lida jon fido qildi. Umid qilamanki, ular munosib ravishda yodga olinadi va qadrlanadi”, — dedi Tramp.

 

Shu bilan birga, bir necha soat oldin Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya va Xitoyning AQShga qarshi “o‘q” shakllanishidan qo‘rqmasligini bildirdi. “Bizda bugungi kunda dunyodagi eng kuchli qurolli kuchlar mavjud. Ular bizga qarshi armiyalarini hech qachon ishlatmaydi. Ishoning, bu ularning eng katta xatosi bo‘lgan bo‘lardi”, — deya ta’kidladi Tramp.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Rossiya, Xitoy va KXDRni AQShga qarshi fitna rejalashtirishda ayblamoqda | Zamon.uz