O'zbekiston

Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Konsulxona jasadlarni qaytarishda, shuningdek, qarzga botgan va hujjatsiz qolgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashda yordam bergan.

Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Bolgariyaning Sozopol shahrida cho‘kib ketgan 22 yoshli o‘zbekistonlik talabaning jasadi, shuningdek, Turkiyada turli sabablarga ko‘ra vafot etgan yana besh nafar vatandoshning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

 

Diplomatik vakolatxona xabariga ko‘ra, jasadlarni vatanga qaytarish bilan bir qatorda, Turkiyada davolanish chog‘ida katta qarzga botib qolgan 12 nafar vatandoshga ham yordam ko‘rsatildi. Shifoxonalardagi qarzlari bo‘yicha chegirmalar berildi, ularning sog‘ligi tiklanganidan so‘ng uylariga qaytishlariga yordam berildi.

 

Bundan tashqari, hujjatsiz qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlikning ham hujjatlari rasmiylashtirilib, yurtga qaytishlari ta’minlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahrida 22 yoshli talaba do‘stlari bilan cho‘milishga borganda, kuchli oqimga tushib ketib, cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi. Ikki kun davom etgan qidiruv ishlari 9-avgust kuni yakun topdi. Uning jasadi suv ostidagi yirik qoya oralig‘idan topildi. Qutqaruv xizmati jasadni topa olmagan bo‘lsa-da, talabaning o‘zbek, qirg‘iz va moldovalik do‘stlari qariyb to‘qqiz soat davomida izlab, uni qoya ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"