Xitoy metodikasi asosida ta’lim beriladigan yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o’z faoliyatini boshladi
Chirchiqda kasbga yo’naltirilgan bog’cha tashkil etildi.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Maktab va maktabgacha ta’lim Vazirligi tomonidan tashkil etilgan yana bir yangi bog’chaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bir necha yillar mobaynida faoliyat yuritmagan bog’chaning qurilish ishlari 2021-yil boshlanib 2025-yil o’z yakuniga yetdi. 260 o’ringa mo’ljallangan tashkilot qurilishida 4 milliarddan ziyod mablag’ ajratilgan.

Qayd etilishicha 14-DMTT bolalarni kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini oshirishga mo’ljallangan bo’lib bunda har bir bola o’z iste’dodiga mos faoliyatlarga yo’naltirilgan.
Muassasa bolalar qobiliyatini erta aniqlash maqsadida mazkur kasblarga mo’ljallangan guruhlarga bo’lib tarbiyalanadi xususan:
- tikuvchilik
- quruvchilik
- sartarosh
- dehqonchilik va xalq tabobati
- oshpazlik
- dizaynerlik
- xitoy tili
- sport
- robototexnika kabi yo’nalishlar bilan shug’ullanishga sharoitlar yaratilgan.

Bolalar qobiliyati psixologlar orqali o’rganilib har bir bola qobiliyatiga mos faoliyatlarga yo’naltirilgan.
Shuningdek tarbiyalanuvchilarga maxsus robotlar orqali xitoy tilida musiqa notalari ham o’rgatiladi.
Chirchiq shahar hokimi Xitoyga tashrifi davomida tajriba almashuv jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham tashrif buyurib bolalarga berilayotgan tarbiya jarayonida bolalarni kasbga yo’naltirish g’oyasini ilgari surgan hamda o’zimizda qo’llashni reja qilgan.

Muassasa bolalarni jamoa bilan ishlash va ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Bu tizim sifatini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim omil sanaladi. Ma’lumot o’rnida mazkur MTM 1985-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. Ayni paytda zamonaviy standartlarga javob beradigan muassasada kreativ fikrlovchi bolalarni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Muassasa maqsadi - bolalarni jamoa bilan ishlash va ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.







