O'zbekiston

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillarni olib kirish tartibi soddalashtirildi

Yuridik shaxslar uchun avtomobil turini ma’qullash hujjatlari muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytirildi.

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillarni olib kirish tartibi soddalashtirildi

Prezident Administratsiyasi topshirig‘iga asosan, shaxsiy va xizmat ehtiyojlari uchun olib kiriladigan transport vositalarining muvofiqligini baholash tartib-taomillari soddalashtirildi.

 

Idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra:

 

Yuridik shaxslar uchun avtomobil turini ma’qullash hujjatining amal qilish muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytirildi;

 

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan bir dona avtomobilni Piskent poligonida majburiy sinovdan o‘tkazish talabi bekor qilindi.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda mamlakatda rasman faqat 3 ta dilerlik markazi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 21 taga yetdi.

 

Turini ma’qullagan avtomobil modellari soni so‘nggi yillarda 15 tadan 101 taga oshdi.

 

2024-yilning birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan avtomobillar soni o‘tgan yilga nisbatan 2 693 taga ko‘paydi.

 

Mutasaddilarning qayd etishicha, 2024-yil 1-noyabrdan boshlab transport vositalari muvofiqligi bo‘yicha ayrim majburiy ko‘rsatkichlarni Piskent poligonida sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan edi. Biroq mavjud infratuzilmaning yetarli emasligi sababli navbatlar 1 oydan 3 oygacha cho‘zilib ketdi va aholining e’tirozlari kuchaydi. Shu bois tizimni yanada qulaylashtirish choralari ko‘rildi.

 

Mazkur o‘zgarishlar avtomobillarning xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va avtomobil bozorida sog‘lom raqobatni rivojlantirishga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillarni olib kirish tartibi soddalashtirildi | Zamon.uz