Jahon

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri hibsga olindi — OAV

Vazir ShHT sammitidan qaytishi bilan qo‘lga olingan.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri hibsga olindi — OAV

Qozog‘iston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan navbatdagi tergov harakatlari doirasida tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu qo‘lga olindi.

 

Orda.kz nashri huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib xabar berishicha, vazir Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan qaytib kelganidan keyin, o‘z uyida ushlangan. Shuningdek, tadbirkor Gadji Gadjiev hamda Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir nechta yuqori lavozimli xodimlari ham qo‘lga olingani ma’lum qilindi. Mazkur shaxslarning uylarida tintuv ishlari olib borilgan.

 

So‘nggi oylar ichida Qozog‘istonda bir qator yirik mansabdor shaxslarning javobgarlikka tortilishi kuzatilmoqda. Jumladan, avgust oyi boshida transport vaziri o‘rinbosari Satjan Ablaliev poraxo‘rlik gumoni bilan hibsga olingan edi. Iyun oyida esa sobiq adliya vaziri Marat Beketayev firibgarlik va yirik miqdordagi o‘zlashtirishda aybli deb topilib, sud hukmi bilan 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

 

Rasmiy organlar hozircha hibsga olingan vazir va boshqa shaxslarga oid batafsil ma’lumot bermagan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.