Jahon

Qozog‘istonda o‘quvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkak umrbod qamoqqa hukm qilindi

Sudlanuvchi aybini tan olmagan bo‘lsa-da, dalillar ayblovni to‘liq tasdiqladi.

Qozog‘istonda o‘quvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkak umrbod qamoqqa hukm qilindi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida o‘zbekistonlik 35 yoshli fuqaro voyaga yetmagan qizni muntazam ravishda jinsiy zo‘rlashda aybdor deb topildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sud unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, ayblanuvchi 2024-yilning o‘rtalarida qurilish ishlari uchun Qozog‘istonga kelgan. Shu yilning mart oyida u qo‘shni xonadonda yashovchi 14 yoshli qizning nochor ahvolidan foydalanib, bir necha bor uning irodasiga qarshi jinsiy aloqada bo‘lgan. Natijada jabrlanuvchi homilador bo‘lgan.

 

Holat faqat tibbiyot muassasasida qizning homiladorligi aniqlangach oshkor bo‘lgan. Sud jarayonida prokuror ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosini talab qildi. Ish hujjatlari va dalillar asosida erkakning aybi to‘liq isbotlangan.

 

Sud hukmi 25-avgust kuni e’lon qilindi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, ayblanuvchining apellyatsiya shikoyati berish-bermasligi noma’lum.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.