Rossiyada voyaga yetmagan qizga tajovuz qilgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi
39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi uni o‘rmonga olib ketishga uringan.

Leningrad viloyatining Murino shahrida voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik harakatlariga uringan shaxs qo‘lga olindi. Tergov organlari ma’lumotiga ko‘ra, 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 13 yoshli qizni majburiy tarzda o‘rmonga olib ketishga uringan.
Voqea 31-avgust kuni sodir bo‘lib, gumonlanuvchi qizning skuterini ushlab qolib, unga jismoniy ta’sir ko‘rsatishga harakat qilgan. Atrofdagi ayollardan biri aralashib, qizni erkakning qo‘lidan qutqarib qolgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Tergov qo‘mitasining qayd etishicha, gumonlanuvchi mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tmagan va qurilish ob’ektida ishchi sifatida yashab kelgan. U 2-sentabr kuni qo‘lga olingan va hozirda qamoqqa olish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.







