O'zbekiston

Surxondaryoda ona va 5 oylik chaqaloq zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi

Uzun tumanida ona va bola majburan molxonada ushlab turilgani aniqlandi.

Surxondaryoda ona va 5 oylik chaqaloq zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayol va uning farzandiga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgani aniqlanib, mas’ullar tomonidan zudlik bilan chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 26-avgust kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga noma’lum ayol hamda uning 5 oylik farzandi mahalliy fuqarolar tomonidan molxonada majburlab ushlab turilgani haqida xabar kelib tushgan. Mahalla profilaktika inspektori tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, qarshiliklarga qaramay, molxona eshigini ochgan va jabrlanuvchilar qutqarilgan.

 

Aniqlanishicha, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.A. o‘zining norasmiy turmush o‘rtog‘i – 1997-yilda tug‘ilgan H.G. ismli ayol va uning go‘dak farzandini bir necha oy davomida majburlab molxonada ushlab kelgan. Bu jarayonda yaqin qarindoshlari ham unga ko‘maklashgan.

 

Jabrlangan ona va chaqaloq darhol tibbiyot muassasalariga joylashtirilib, ularning sog‘lig‘i shifokorlar va ijtimoiy himoya xizmati mutaxassislari nazoratiga olindi.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi 7-qismi “a” va “e” bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi Sh.A. hamda unga aloqador uch nafar qarindosh sudning sanksiyasi bilan qamoqqa olindi.

 

Mazkur jinoyat ishi Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda ona va 5 oylik chaqaloq zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi | Zamon.uz