O'zbekiston

Toshkentda 354 marta qoida buzgan “JETOUR” xatlandi

Haydovchining umumiy jarimalari miqdori 258,7 mln so‘mga yetgan.

Toshkentda 354 marta qoida buzgan “JETOUR” xatlandi

O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qarzdor fuqaro N.Yu.ga oid jami 370 ta ijro hujjati ish yurituvga qabul qilindi. Ularning umumiy qiymati 328,7 million so‘mni tashkil etadi.

 

Mazkur hujjatlardan 354 tasi (258,7 mln so‘m) Toshkent shahar va hududiy IIBB YHXB organlari tomonidan chiqarilgan ma’muriy jarimalar, 14 tasi (51,8 mln so‘m) esa soliq qarzlarini undirish bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, Shayxontohur tuman bo‘limiga FIB Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qaroriga asosan, “Mikrokreditbank” ATB foydasiga 18,2 mln so‘mlik kredit qarzlarini undirish yuzasidan 2 ta ijro hujjati yuborilgan.

 

Aniqlanishicha, fuqaro N.Yu. 2024–2025-yillar davomida “JETOUR” rusumli avtomobilida 354 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, 258,7 mln so‘m ma’muriy jarima yig‘ib kelgan. Shunga qaramay, biror marta ham jarimalarni to‘lamagani bois ijro hujjatlari byuro organlariga kelib tushgan.

 

Shuningdek, fuqaroning kredit evaziga olingan “JETOUR” avtomobili bank garovi sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, to‘lovlar amalga oshirilmagani sababli garov mulkiga nisbatan xatlov chorasi qo‘llanildi.

 

Hozirda jami 328,7 mln so‘mlik qarzdorlikni undirish bo‘yicha zarur ijro harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda 354 marta qoida buzgan “JETOUR” xatlandi | Zamon.uz