O'zbekiston

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti uchun 1310 gektar yer ajratildi

Yangi aeroport amaldagi aeroportdan 17 km janubda joylashib, yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti uchun 1310 gektar yer ajratildi

Toshkent viloyatida barpo etilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent xalqaro aeroporti uchun qariyb 1310 gektar yer maydoni ajratildi. Bu haqda Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Ta’kidlanishicha, ajratilgan hududlarning 1075 gektardan ortig‘i sug‘oriladigan yerlardan iborat bo‘lib, qolgan qismini bog‘, yaylov hamda boshqa turdagi maydonlar tashkil etadi. Jumladan, O‘rtachirchiq tumanida 790 gektardan ortiq, Quyichirchiqda esa 519 gektar yer mazkur loyiha uchun belgilangan.

 

Yangi aeroport Toshkent shahridagi amaldagi xalqaro aeroportdan taxminan 17 kilometr janubda joylashadi. Qurilishning birinchi bosqichi yakunlangach, yiliga 20 milliongacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Loyihaga ko‘ra, soatiga 40 ta samolyot qabul qilish imkoniyati bo‘ladi va aeroport bir vaqtning o‘zida 169 ta havo kemasini sig‘dira oladi.

 

Terminal infratuzilmasida dastlab 14 ta teletrap bo‘lishi rejalashtirilgan, keyinchalik ularning soni 45 taga yetkaziladi. Yo‘lovchilar uchun barcha asosiy xizmatlar bevosita terminal ichida qulay tarzda taqdim etiladi.

 

Mazkur loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Loyiha qiymati va jalb qilinadigan investorlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot keyinchalik e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti uchun 1310 gektar yer ajratildi | Zamon.uz