O'zbekiston

Farg‘onada bog‘chadagi “zaharlanish” haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Yolg‘on xabarni bemor bolalardan birining qarindoshi tarqatganligi ma’lum bo'ldi.

Farg‘onada bog‘chadagi “zaharlanish” haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumanidagi davlat bog‘chasida bolalar ovqatdan zaharlangani haqida tarqalgan xabar rasmiylar tomonidan rad etildi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, o‘rganishlar davomida ma’lumot asossiz ekani aniqlandi.

 

Rasmiy izohda aytilishicha, 22-avgust kuni ikki nafar, 23-avgust kuni esa to‘rt nafar bola ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Lekin ulardan birortasiga ham zaharlanish tashxisi qo‘yilmagan. Hozirda barcha bolalar sog‘lom holda oilasiga qaytarilgan.

 

Aniqlanishicha, mazkur yolg‘on xabarni bemor bolalardan birining qarindoshi, mahalliy patronaj hamshira o‘zining mahalla Telegram kanali orqali tarqatgan. U ota-onalarga farzandlarida salomatlik muammolari kuzatilsa shifokorga murojaat qilishni maslahat bergan, bu esa ota-onalar o‘rtasida xavotir uyg‘otgan.

 

Ma’lumot uchun, Oltiariqdagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ayrim qismlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sabab bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, ta’mir ishlari sentyabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada bog‘chadagi “zaharlanish” haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi | Zamon.uz