O'zbekiston

Bojxona institutida kursantlar yurtga sodiqlik qasamyodini qabul qildi

Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari kursant unvoniga sazovor bo‘lgan yoshlarni samimiy tabrikladi.

Bojxona institutida kursantlar yurtga sodiqlik qasamyodini qabul qildi

Bojxona institutida birinchi kurs kursantlari uchun muhim va hayajonli lahza — “Vatanga qasamyod” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bojxona qo‘mitasi rahbariyati, Qurolli Kuchlar va bojxona organlari faxriylari, kursantlarning ota-onalari, san’atkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Marosimni Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari G‘. Nasirov ochib, yoshlar Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan avlod ekanligini ta’kidladi. U, shuningdek, shaffof test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, kursant unvoniga sazovor bo‘lgan yoshlarni samimiy tabriklab, davlatimiz rahbarining yoshlarga oid siyosati natijalarini alohida e’tirof etdi.

 

So‘ng kursantlar Vatanga, xalqqa va Konstitutsiyaga sodiq qolishga, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga qasamyod qildilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatanni sevish, yurt tinchligi uchun xizmat qilish va bilimga intilishning ahamiyatini qayd etib, yoshlarga kelgusi faoliyatlarida zafarlar tiladilar.

 

Marosim saf maydonida kursantlarning tantanali yurishi bilan yakunlandi. Shundan keyin Bojxona instituti “Ma’naviyat va yoshlar tarbiyasi” markazi ashula va raqs ansambli konsert dasturini namoyish etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bojxona institutida kursantlar yurtga sodiqlik qasamyodini qabul qildi | Zamon.uz