O'zbekiston

“Hisobotlarda 900 ming ish o‘rni soxta ko‘rsatildi” — Nig‘matilla Yo‘ldoshev

Senat majlisida bosh prokuror o‘tgan yili haqiqatda yaratilmagan qariyb 900 ming ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgani va bu borada qonuniy choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi.

“Hisobotlarda 900 ming ish o‘rni soxta ko‘rsatildi” — Nig‘matilla Yo‘ldoshev

Senat majlisida bosh prokuror haqiqatda yaratilmagan 900 ming ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgani haqida ma’lumot berdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 5-sentabr kuni Senat majlisida mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilar ekan, bir qator jiddiy kamchiliklarni ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, 2024-yilda hisobotlarda haqiqatda mavjud bo‘lmagan 900 mingga yaqin ish o‘rni kiritilgan, 78 ta holatda 12 mlrd so‘mlik ish haqi talon-toroj qilingan. Shu bilan birga, fuqarolarga to‘lanmay qolgan 11 mlrd so‘m miqdoridagi ish haqlari undirib berildi.

 

Shuningdek, prokuratura organlari o‘tgan yili 29 mingdan ortiq tadbirkor va investorlarning muammolarini hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatdi. Natijada 7 mingdan ortiq yangi korxona tashkil etilib, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

 

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish jarayonida esa 3 trln 449 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari fosh etildi. Bundan tashqari, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha nazorat mexanizmlaridagi kamchiliklar bartaraf etilib, davlat byudjetiga qo‘shimcha 200 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ tushishi ta’minlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Hisobotlarda 900 ming ish o‘rni soxta ko‘rsatildi” — Nig‘matilla Yo‘ldoshev | Zamon.uz