Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Tohir Fatixovich Aripov "Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi" unvoni bilan taqdirlandi
Olimning biologiya va birofizika sohasidagi tadqiqotlari, yosh olimlarni tayyorlashdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti va yoshlar tarbiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun akademik Aripov Tohir Fatixovich "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof olimning birofizika yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari, ko‘plab ilmiy yangiliklari, ilg‘or innovatsion loyihalarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki, shuningdek, yosh olimlarni tayyorlash va ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari hamda 80 yillik yubileyi munosabati bilan berildi.








