O'zbekiston

Toshkentda begona ayolni himoya qilmoqchi bo‘lgan erkak kaltaklanib og‘ir ahvolga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud jarayoni yopiq tarzda o‘tkazilmoqda.

Toshkentda begona ayolni himoya qilmoqchi bo‘lgan erkak kaltaklanib og‘ir ahvolga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaro tomonidan tan jarohati olib yiqilib tushganligi aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, joriy yil 16-mart kuni tungi soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanidagi restoranlardan birida mijoz sifatida kelgan 1995-yilda tug‘ilgan A.Sh. o‘zining tanishi, 1985-yilda tug‘ilgan X.A. bilan kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashgan. Shu vaqtda 1990-yilda tug‘ilgan B.A. ularni ajratishga uringanida, A.Sh. unga tan jarohati yetkazgan.

 

Natijada B.A. "bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish" tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

 

Hozirda A.Sh.ga nisbatan:

 

JKning 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish),

 

JKning 168-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari hamda 4-qismi “a” bandi (firibgarlik),

 

JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan ayblov qo‘yilgan bo‘lib, jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

 

2025-yil 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchining advokatlari tomonidan, sud jarayonida shaxsiy va oilaviy hayotga oid ma’lumotlar oshkor bo‘lishi mumkinligi, oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlash hamda aybsizlik prezumptsiyasini inobatga olib, sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma kiritildi. Mazkur iltimosnoma sud tomonidan qanoatlantirilib, sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazilishi belgilandi.

 

Ish yakunlari bo‘yicha adolatli va qonuniy sud qarori chiqarilishi ta’minlanadi. Ushbu jarayon jamoatchilik e’tiborida bo‘lgani sababli sud qarori natijalari haqida qo‘shimcha axborot ommaviy axborot vositalariga taqdim etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.