O'zbekiston

AQSh 39 nafar O‘zbekistonlik fuqaroni deportatsiya qildi

AQSh hukumati noqonuniy muhojirlarni qaytarish bo‘yicha deportatsiya reysini amalga oshirdi jarayonni qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

AQSh 39 nafar O‘zbekistonlik fuqaroni deportatsiya qildi

7-sentabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirdi. AQShning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qilishicha, ushbu samolyot orqali mamlakat hududida qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar o‘zbekistonlik qaytarilgan.

 

AQSh rasmiylari mazkur reysni noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurash hamda davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan doimiy choralar doirasida amalga oshirilganini ta’kidladi. “AQShga noqonuniy kirib kelgan shaxslar hibsga olinadi va deport qilinadi”, deyiladi elchixona bayonotida.

 

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumatiga deportatsiya jarayonida ko‘rsatilgan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Elchixona bu hamkorlikni “mamlakatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yaqqol ifodasi” sifatida qayd etdi.

 

Ma’lumot uchun, AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida noqonuniy muhojirlarni qaytarish bo‘yicha muloqot muntazam davom etib kelmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu kabi deportatsiya reyslari kelgusida ham tashkil etilishi mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

AQSh 39 nafar O‘zbekistonlik fuqaroni deportatsiya qildi | Zamon.uz