Jahon

Bashar al-Assadning avtomobillar kolleksiyasi auksionda sotildi

Sotuvdan tushgan daromad Suriya taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Bashar al-Assadning avtomobillar kolleksiyasi auksionda sotildi

Suriyada sobiq prezident Bashar al-Assadga tegishli nodir superkarlardan iborat kolleksiya Damashqda o‘tkazilgan kim oshdi savdosida namoyish etildi. Auksionga yangi prezident Ahmad Ash-Shara mezbonlik qildi. Tadbirdan tushgan mablag‘lar Suriya taraqqiyot jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilangan.

 

Kimoshdi savdoning birinchi bosqichida mashhur brendlarning uchta superkari taqdim etildi. Ulardan eng qimmatbaho avtomobil — Ferrari F50 bo‘lib, uning qiymati 3–4 million dollarga baholangan. Mazkur model Formula-1 texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, atigi 349 dona mavjud.

 

Shuningdek, auksionda Mercedes SL65 AMG Black Series ham sotuvga qo‘yildi. Dunyoda atigi 300 dona ishlab chiqarilgan mazkur avtomobil 670 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan va bozordagi qiymati 500 ming dollarni tashkil etadi.

 

Superkarlardan yana biri — Audi R8 bo‘lib, 525 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 dvigateli bilan taqdim etildi. Bu avtomobil ham kolleksiyaning diqqatga sazovor namunasiga aylandi.

 

Mazkur auksion Suriyada o‘tkazilgan eng yirik avtomobil savdolaridan biri sifatida tarixda qoldi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bashar al-Assadning avtomobillar kolleksiyasi auksionda sotildi | Zamon.uz