CAFA Nations Cup-2025: O‘zbekiston MTJ 13 yillik tanaffusdan so‘ng Eronni mag‘lub etib, turnir g'olibiga aylandi
Og‘ir o‘tgan bellashuv taqdirini yagona gol hal qildi.

Toshkent va Dushanbeda o‘tkazilgan “CAFA Nations Cup-2025” turnirining finalida O‘zbekiston milliy jamoasi Eron bilan kuch sinashdi. Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘lib, ikki tomon ham g‘alaba uchun so‘nggi daqiqagacha harakat qildi.
Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqalarida Xojiakbar Alijonovning zarbasi golga aylanishi natijasida o‘zbekistonlik futbolchilar hisobni ochdi. Shu tariqa uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
Mazkur g‘alaba O‘zbekiston milliy jamoasi uchun muhim tarixiy natija bo‘ldi. Chunki jamoa 13 yillik tanaffusdan so‘ng Eronni rasmiy turnirda mag‘lub etishga erishdi.
Natijada O‘zbekiston turnirning chempioni bo‘ldi. Amir Ghalenoy boshchiligidagi Eron terma jamoasi esa ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Final Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tdi va CAFA musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.







