O'zbekiston

Endilikda alkagolga qaram haydovchilar va yo‘l bezorilari maxsus nazorat ostida bo‘ladi

Yangi tartib takror huquqbuzarliklarning oldini olish va yo‘l xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Endilikda alkagolga qaram haydovchilar va yo‘l bezorilari maxsus nazorat ostida bo‘ladi

Senat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha muhim tashabbusni ma’qulladi. Endilikda mast holda transport boshqargan yoki yo‘lda bezorilik qilganligi sababli sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslar profilaktik nazorat ostiga olinadi.

 

Qonun bilan ushbu toifa fuqarolar “profilaktik hisob”ga kiritilib, inspektorlar tomonidan muntazam kuzatuvga olinishi belgilandi. Mazkur mexanizm qayta-qayta huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarga mas’uliyatini eslatib turish hamda zarur hollarda ularni suhbatlarga chaqirish yoki yashash joyida monitoring o‘tkazishni nazarda tutadi.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan qariyb 11 ming fuqaro tomonidan 23 mingdan ortiq qoida buzilishi qayd etilgan. Ulardan mingdan ziyod YTH sodir bo‘lgan bo‘lib, natijada 300 ga yaqin inson vafot etgan, qariyb 900 kishi turli jarohatlar olgan.

 

Yangi tartib profilaktika inspektorlariga yo‘l harakati politsiyasi bilan hamkorlikda bunday shaxslarni kuzatish, ularning noqonuniy ravishda yana rulga o‘tirmasligini ta’minlash imkonini beradi. Ushbu yondashuv yo‘llarda xavfsizlikni oshirish va fojiali oqibatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"