O'zbekiston

Oktabr oyidan “chiroyli” avtoraqamlarni birja orqali sotish to‘xtatiladi

Endilikda haydovchilar xohlagan harf va raqam kombinatsiyasini yagona elektron tizim orqali olishlari mumkin bo‘ladi.

Oktabr oyidan “chiroyli” avtoraqamlarni birja orqali sotish to‘xtatiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” orqali “chiroyli” avtoraqamlarni sotish auksionlari to‘xtatiladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, 1–3 toifadagi raqamlar “O‘zavtomotobelgi” korxonasi tomonidan belgilangan yagona oshirilgan tarif asosida sotiladi. 4–6 toifadagi raqamlar esa amaldagi tartibda, qo‘shimcha to‘lovsiz beriladi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab birja orqali auksion o‘tkazish va talab yuqori kombinatsiyalarni oshirilgan tarifda berish tartibi butunlay bekor qilinadi.

 

Shundan so‘ng fuqarolar o‘zlari xohlagan harf va raqam kombinatsiyasiga ega davlat raqam belgilarini yagona elektron murojaat orqali olishlari mumkin bo‘ladi. Shu maqsadda ochiq ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi. Unga YHXX mobil ilovasi, rasmiy sayt, davlat xizmatlari portali va infokioskalar orqali kirish imkoniyati yaratiladi.

 

Ma’lum qilinishicha, barcha raqam belgilarining ma’lumotlari hududiy kodlar bo‘yicha yagona bazaga joylashtiriladi. Kelgusida esa “obro‘li” kombinatsiyalar faqatgina hududiy kod bo‘yicha 90 foiz raqamlar band bo‘lganda mavjud bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Oktabr oyidan “chiroyli” avtoraqamlarni birja orqali sotish to‘xtatiladi | Zamon.uz