O‘zbekistonda poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
9-sentabrdan boshlab Toshkentdan viloyatlarga qatnovchi bir nechta poezdlar yangi jadval asosida harakatlanadi.

“Temiryo‘lekspress” AJ ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 9-sentabrdan O‘zbekistonda bir qator poyezdlarning harakat jadvali o‘zgaradi.
Yangi jadval quyidagicha:
Toshkent — Qarshi: 06:33–10:07
Qarshi — Toshkent: 17:29–21:04
Toshkent — Shahrisabz: 06:33–11:12
Shahrisabz — Toshkent: 16:24–21:04
Toshkent — Samarqand: 08:00–10:25
Samarqand — Toshkent: 17:40–20:07
Toshkent — Buxoro: 06:08–10:14, 07:30–11:42, 08:30–12:42, 19:41–23:58
Buxoro — Toshkent: 03:15–07:29, 15:03–19:17, 16:16–20:30, 18:00–22:08







