O'zbekiston

Samarqandda 100 yillik chinorlar kesib tashlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda e'tirozlarga sabab bo'lgan holat yuzasidan Samarqand viloyati hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Samarqandda 100 yillik chinorlar kesib tashlangani aytilmoqda

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Bulvar hududida qadimiy, yuz yillik chinorlar kesilayotgani haqida xabarlar tarqalib, bu holat jamoatchilikda katta munozaralarga sabab bo‘ldi. Aholi daraxtlar shahar manzarasining ajralmas qismi ekanini ta’kidlab, ularning kesilishiga norozilik bildirdi.

 

Mazkur vaziyat yuzasidan Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra, 7-sentyabr kuni Amir Temur maqbarasi yaqinida joylashgan uch tup chinor daraxti tashqi ta’sirlar oqibatida chirib, tanasida g‘ovaklar paydo bo‘lgani, yo‘l tomonga xavfli darajada og‘ib qolganligi aniqlangan. Shu bois ular insonlar hayoti va mol-mulkiga xavf tug‘dirishi sababli kesilgan.

 

Mutasaddi tashkilotlar – Ekologiya boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda O‘simliklar karantini xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, daraxtlarning mustahkamligi butunlay yo‘qotilgani haqida xulosa berilgan.

 

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, kesilgan chinorlarning o‘rniga yosh, lekin qimmat navli ko‘chatlar ekiladi. Bu ishni amalga oshirish shahar obodonlashtirish boshqarmasiga topshirilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda 100 yillik chinorlar kesib tashlangani aytilmoqda | Zamon.uz