Jahon

Tashqi ishlar vaziri faoliyatini davom ettirmoqda – rasmiy bayonot

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu o‘zining “hibsga olingani” haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi.

Tashqi ishlar vaziri faoliyatini davom ettirmoqda – rasmiy bayonot

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu 6-sentabr kuni hukumat binosida jurnalistlar oldida chiqish qilib, uning “qo‘lga olingani” haqidagi tarqalgan ma’lumotlarni mutlaqo yolg‘on va asossiz deb atadi.

 

“Bu yolg‘on va bema’nilik. Izoh berishga ham arzimaydi. Men o‘tgan hafta ham ishda bo‘ldim, uchrashuvlar o‘tkazdim, xorijiy hamkasblarim bilan telefon orqali muloqot qildim, investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdim. Hammasi odatdagidek davom etmoqda”, — dedi vazir.

 

Murat Nurtleuning ta’kidlashicha, u prezidentning Murojaatnomasidan so‘ng xorijiy safarga chiqishni rejalashtirgan. Shuningdek, u mazkur yolg‘on xabarlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni shaxsiy zarurat deb bilmasligini qo‘shimcha qildi.

 

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ham rasmiy bayonot berib, “Murat Nurtleuning hibsga olingani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, bu jurnalist etikasi va amaldagi qonunchilikning qo‘pol buzilishidir”, deya ma’lum qildi.

 

Shuningdek, Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi ham ushbu yolg‘on ma’lumotlarni rad etdi va yolg‘on xabar tarqatish qonun bilan jazolanishini, jumladan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ham MQB xodimlari hibsga olingani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

 

Ayni paytda prokuratura “O‘rda” nashrining bosh muharririni yolg‘on axborot tarqatish bo‘yicha jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tashqi ishlar vaziri faoliyatini davom ettirmoqda – rasmiy bayonot | Zamon.uz