O'zbekiston

Bo‘ston hokimining 2 o‘rinbosari, Qashqadaryoda “Vatanparvar” raisi o‘rinbosari qo‘lga olindi

DXX Zamon.uz'ga fosh etilgan korrupsion holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bo‘ston hokimining 2 o‘rinbosari, Qashqadaryoda “Vatanparvar” raisi o‘rinbosari qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ayrim mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Xususan, Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimining investitsiya hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘zaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, tumandagi fermer xo‘jalikning 500 ming AQSh dollarlik eksport rejasini soxta eksport operatsiyalari orqali yopib berish evaziga 65 mln. so‘m miqdorida pora talab qilishgan.

 

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari joriy yilning avgust oyida so‘ralgan pulning 25 mln. so‘mini avans sifatida oladi. Qolgan qismini esa, ya’ni 40 mln. so‘mni tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari orqali olayotgan paytda ashyoiy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

 

Boshqa holatda esa fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati “Call markazi”ga murojjat qilib, 2 nafar shaxs o‘zlarining hokimlikda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Sergeli tumanida joylashgan MCHJga tegishli 1 gektar yer maydonining toifasini o‘zgartirib, u yerda ko‘p qavatli uy-joy qurishga ruxsat olib berish evaziga 900 ming AQSh dollari talab qilishganligini aytadi.

 

Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish niyatida bo‘lgan “uddaburon”lar oldindan 220 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoiy dalillar bilan ushlandi.

 

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

 

Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati asosda DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi raisi o‘rinbosari ariza muallifining o‘g‘liga imtihonsiz haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga, xizmat xonasida 20 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlandi.

 

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bo‘ston hokimining 2 o‘rinbosari, Qashqadaryoda “Vatanparvar” raisi o‘rinbosari qo‘lga olindi | Zamon.uz