Navbatsiz xizmat: ayrim fuqarolarga yangi imtiyoz joriy etiladi
Davlat xizmatlari markazlarida ayrim fuqarolarga navbat kutmasdan xizmat ko‘rsatish mexanizmi joriy etilmoqda.

O‘zbekistonda aholining ayrim toifalari uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.
Prezident qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab pensionerlar, homilador ayollar hamda uch yoshgacha farzandi bor fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilganda navbat kutmasdan bevosita xizmat olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Mazkur tartib fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.








