O'zbekiston

O‘zbekistonda maktab avtobuslari tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Qashqadaryo va Surxondaryoda dastlabki yo‘nalishlar ishga tushirildi.

O‘zbekistonda maktab avtobuslari tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston hududlarida maktab avtobuslari tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tizim chekka va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda istiqomat qiluvchi bolalarning ta’lim muassasalariga qulay va xavfsiz yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Bugungi ta’lim sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda qayd etilishicha, mamlakatimizda hanuz 74 ming nafar o‘quvchi maktabga qatnash uchun har kuni 5–7 kilometr masofani piyoda bosib o‘tmoqda. Bu esa o‘quvchilarning salomatligi, kayfiyati va o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Amaliy ishlar allaqachon boshlanib, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 100 ta maktab uchun bepul avtobus yo‘nalishlari tashkil qilindi. Samarqand va Jizzax viloyatlari ham mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, bir oy ichida 100 ta maktab o‘quvchilarini avtobus orqali tashishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

 

Davlat rahbari yig‘ilishda bu tajribani boshqa hududlarga ham tatbiq etish zarurligini ta’kidladi. Maktab avtobuslarining bosqichma-bosqich joriy etilishi minglab bolalarning maktabga o‘z vaqtida va xavfsiz yetib borishini ta’minlaydi, ta’lim sifati va qamrovini yanada oshirishga yordam beradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda maktab avtobuslari tizimi yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz