Jahon

Suriyadagi operatsiyalarda o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olindi

Hibsga olinganlar IShID va “Al-Qoida” bilan aloqador guruhlarga mansub bo‘lgan.

Suriyadagi operatsiyalarda o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olindi

Suriyaning Idlib viloyatida xorijlik jangarilarga qarshi olib borilayotgan keng ko‘lamli operatsiyalar davomida bir nechta O‘zbekiston fuqarolari hibsga olindi. Bu haqda mintaqadagi xavfsizlik manbalari xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida “Abu Dujana” laqabi bilan tanilgan o‘zbekistonlik harbiy instruktor Ayyub qo‘lga olingan. Shuningdek, avgust oyida Idlibdagi yashirin manzillardan birida yana bir fuqaro — Islom ushlangan. 3-sentabr kuni Haram hududida IShIDga aloqador yacheyka faoliyati to‘xtatildi, natijada O‘zbekiston va Iroq fuqarolari hibsga olindi.

 

So‘nggi yillarda bunday operatsiyalar muntazam davom etmoqda. 2020-yildan buyon “Shara hukumati” tuzilmalari “Al-Qoida” bilan aloqador “Katibat at-Tavhid val-Jihod” guruhining bir qator o‘zbek jangarilarini ham qo‘lga olgan.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur choralar Idlibdagi qurolli tuzilmalar ustidan nazoratni mustahkamlash, xorijlik jihodchilar ta’sirining kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Suriyadagi operatsiyalarda o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olindi | Zamon.uz